Toshkent metrosining yangi ikkita bekati ishga tushadi
Bu haqda “Metropoliten” matbuoti xabar berdi.

Toshkent metrosining yangi ikkita bekati ishga tushish uchun hozirlanmoqda. Bu haqda “Metropoliten” matbuoti xizmati O‘zAga xabar berdi.
Toshkent metrosining yangi “Turon” (13 bekat) va “Qipchoq” (14 bekat) bekatlari bugundan, 15 dekabrdan sinov tariqasida ishlay boshlaydi (yo‘lovchilarsiz).
Test natijalaridan so‘ng yo‘lovchilar foydalanishi mumkin bo‘ladi.












