O'zbekiston

Senat 2024 yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi

48-yalpi majlis 18 dekabrda o‘tkaziladi.

Senat 2024 yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi

Senatning 48-yalpi majlisi 18 dekabrda o‘tkaziladi. Unda 2024 yil uchun davlat byudjeti to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Shuningdek, Ekologiya vazirligi tomonidan iqlim o‘zgarishining oldini olishda qilinayotgan ishlar yuzasidan vazirlik axboroti eshitiladi.

  

Oliy Majlis Senatining qirq sakkizinchi yalpi majlisi 18 dekabr kuni soat 10:00 da o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.

 

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan yalpi majlisda, jumladan,

 

  • «2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi;

  • «2023 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi;

  • «Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

 

Senatorlar, shuningdek, «Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi hamda «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga maʼmuriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar uchun yana-da qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunlarni ham ko‘rib chiqadi.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"