Ilk bor o‘zbekistonlik taekvondochilar reyting orqali Olimpiadaga yo‘l oldi
Shuningdek, qizlar ham ilk marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada ishtirokchisiga aylanmoqda.

O‘zbekistonda birinchi marta ikki nafar taekvondochi reyting orqali Olimpiadaga yo‘l oldi.
Butunjahon taekvondo federatsiyasi (VT) Parij-2024 Olimpiadasi uchun litsenzion reyting ochkolarini jamg‘arish davri yakunlangani va u orqali Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan sportchilar nomini eʼlon qildi. Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+67 kg) Parij-2024 yo‘llanmalariga ega bo‘lishdi.
Qayd etilishicha, ular birinchi bor reyting orqali 2 ta yo‘llanmaga ega bo‘lishdi. Shuningdek, qizlar ham ilk marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri Olimpiada ishtirokchisiga aylanmoqda.







