Shavkat Mirziyoyev Quvayt Amiriga taʼziya yo‘lladi
Ayni paytda mamlakatda motam eʼlon qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Quvayt Davlati Valiahdi shayx Mishʼal al-Ahmad al-Jobir as-Sabohga uning akasi, Kuvayt Amiri shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh vafot etgani munosabati bilan taʼziya yo‘lladi.
Davlat rahbari Quvayt xalqiga hamda marhumning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirdi.







