Toshkent viloyatida 50 yoshli ayol farzandiga buyragini berdi
Operatsiya 5 soat davom etgan.

Toshkent viloyatida murakkab buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi o‘tkazildi. Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi malakali shifokorlari «Surunkali buyrak yetishmovchiligi» bilan og‘rigan 27 yoshlik yigitga buyrak ko‘chirib o‘tkazishgan. Buyrakni yigitga uning 50 yoshli onasi berishga rozilik bildirgan.
5 soat davom etgan operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanib, ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak «ishlab ketgan». Har ikki bemorning ham ahvoli yaxshi, hozircha ular jonlantirish bo‘limida.







