Toshkentda o‘quvchi tengdoshini pichoqlab qo‘ydi
Sud uni 3 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Toshkentda 9-sinf o‘quvchisi tengdoshini pichoqlab qo‘ydi.
Voqea joriy yil 4 iyul kuni sodir bo‘lgan. 16 yoshli o‘quvchi uni so‘kkan tengdoshi bilan gap talashib, mushtlashib ketadi. Voqeaga guvoh bo‘lgan boshqa yigitlar ularni ajratib oladi. Biroq, shu kuni kechqurun ular telefonlashib bir-birini so‘kib, oqshom birga-bir gaplashib olishga kelishishadi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, mushtlashuvga borgan o‘smir tanishining beliga pichoq bilan zarba beradi. Ekspertiza pichoqlangan yigitning jarohati «hayot uchun xavfli» deb topadi.
Sud yigitni 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilib, jazoni tarbiya koloniyalarida o‘tashini belgilagan.







