O'zbekiston

Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ayrim NHHga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi

 

Maʼmuriy islohotlar doirasida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi tizimidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashkiliy tuzilmasiga o‘tkazildi va uning vakolatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

 

Prezident farmoniga muvofiq hukumatning ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasidagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilishda, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, urug‘lik va ko‘chat materiallarini yetishtirish, qishloq xo‘jaligi,  melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;

 

tuproqning unumdor qatlamlari ruxsatsiz olib tashlanishi, ko‘chirilishi va yo‘q qilinishini taqiqlash, yerlarning qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali va oqilona foydalanish;

 

qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining urug‘lik va ko‘chat materiallari yetishtirilishi hamda ularning tejab sarflanishini tashkil etish;

 

import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘lik va ko‘chat-materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) hamda xavfli yashirin virusli kasalliklarning mavjudligini aniqlash.

 

Vazirlar Mahkamasining «Paxta chigiti resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining «Paxta chigitini yetkazib berish va undan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining «Ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni yana-da rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga va boshqalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"