O'zbekiston

7-sinf qiz unashtirilgani haqidagi xabarga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi

Tadbir unashtirish yoki to‘y marosimi emas, balki tug‘ilgan kun ekani aytildi.

7-sinf qiz unashtirilgani haqidagi xabarga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi

 

Qashqadaryo viloyatida 7-sinf qiz unashtirilgani haqida videolavha tarqaldi. Unda bir ayol yosh qizning bo‘yniga taqinchoq taqqanini ko‘rish mumkin. 

 

Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova tomonidan o‘rganish olib borildi. Qayd qilinishicha, voqea Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan. 

 

Qizning ota-onasi videodagi holat aslida farzandining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir ekani to‘g‘risida tushuntirish bergan. Shuningdek, holat to‘y yoki unashtiruv marosimi emasligi, qizini erta turmushga berish niyati yo‘qligi, uni o‘qitish va shifokor qilish niyatida ekanini aytgan. 

 

Bolalar ombudsmanining taʼkidlashicha, bu hududda qizlarning unashtiruv marosimini erta o‘tkazish urf-odati qisman bo‘lsa-da saqlanib qolgan. Shu sababli, ombudsman holat bo‘yicha nazoratni davom ettiradi, bolaning jismonan va maʼnan sog‘lom muhitda parvarish qilinishi, uning taʼlim olish huquqi hamda kelgusida o‘z hayoti bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish huquqi taʼminlanishini kuzatib boradi. 

 

Bolalar ombudsmani qizlarni erta turmushga berish holatlariga mutlaqo murosasiz bo‘lib, shunday fikrda bo‘lgan ota-onalarni nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish uchun qonunan javobgarlik belgilangani haqida ogohlantirgan.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

custom img

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"