O'zbekiston

Namangan viloyati “zamhokimi” korrupsion jinoyatlarda gumonlanmoqda

Saidahmad Sultonov Jinoyat kodeksining 205- va 206-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarda gumonlanib, tergov hibsxonasiga joylashtirilgan

Namangan viloyati “zamhokimi” korrupsion jinoyatlarda gumonlanmoqda

 

Namangan viloyati sudi viloyat hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Saidahmad Sultonov qamoqqa olinganini tasdiqladi.

 

Maʼlum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudida Namangan viloyati prokurori o‘rinbosarining Saidahmad Sultonovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqilgan.

 

Hokim o‘rinbosari Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) va 206-moddasi 2-qismi “a” bandida (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

 

U Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi 2023 yil 16 dekabrdagi ajrimi bilan Namangan viloyati prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasini qanoatlantirgan va gumon qilinuvchi Saidahmad Sultonovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.

 

48 yoshli Saidahmad Sultonov 2020 yil oktyabrdan buyon Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

 

So‘nggi bir oyda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari doirasida o‘nga yaqin mansabdor shaxs qo‘lga olingan.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"