O'zbekiston

Surxondaryoda 7-sinf qiz unashtirilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bo‘lajak “qaynona” qizchaga tilla zanjir taqayotganini ko‘rish mumkin.

Surxondaryoda 7-sinf qiz unashtirilgani aytilmoqda

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, 7-sinf o‘quvchisi unashtirilmoqda. Voqea Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan aytilmoqda. Bo‘lajak “qaynona” qizchaga tilla zanjir taqayotganini ko‘rish mumkin.

 

O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi loyiha — NeMolchi.uz IIOdan oilada bolaga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik mavjud yoki yo‘qligini tekshirish va Bolalar Ombudsmanidan ushbu holatda bolalar nikohi haqida gap ketmayotganiga ishonch hosil qilishga chaqirmoqda.

 

"Ayolni turmushga chiqishga majburlash yoki uni turmushga chiqishiga to‘sqinlik qilish Jinoyat kodeksining 136-moddasida nazarda tutilgan jinoyat hisoblanadi.

 

Qizcha hozir turmushga chiqmasa ham va bu shunchaki unashtiruv bo‘lsa ham 12-13 yoshli qiz bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida o‘z fikriga ega bo‘lishi mumkinmi? Shubhasiz, u maktabni bitirishi bilanoq turmushga uzatiladi.

 

Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarining tarbiyasi va rivojlanishi uchun javobgarligi ko‘rsatilgan. Ular o‘z farzandlarining sog‘lig‘i, jismoniy, aqliy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar. Bu holatda qanday g‘amxo‘rlik haqida gapirish mumkin?!...

 

"Ichki ishlar organlari oilada bolaga nisbatan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik mavjud yoki yo‘qligini tekshirishlari shart. Biz Bolalar Ombudsmani idorasidan ushbu holatda bolalar nikohi haqida gap ketmayotganiga ishonch hosil qilishga chaqiramiz", — deyiladi NeMolchi.uz xabarida.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"