Toshkentdagi xonadonda yuz bergan yong‘in oqibatida ayol va uning ikki qizi vafot etdi
Maʼlum bo‘lishicha, marhuma ayol 28 yoshda, qizlari esa 8 va 5 yoshda bo‘lgan.

Kecha, 18-dekabr kuni erta tongda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi xonadonlarning birida yong‘in yuz berdi. Bosh prokuratura maʼlumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida ayol va uning ikki qizi halok bo‘lgan.
Yong‘in yuzaga kelgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Videoda bir xonadon deyarli butkul yonib ketganini ko‘rish mumkin. Maʼlum bo‘lishicha, vafot etgan ayol 28 yoshda, qizchalar esa 8 va 5 yoshda bo‘lishgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
FVV yoki Toshkent shahar FVB hodisa yuzasidan hech qanday maʼlumot eʼlon qilmadi.







