Yevropa komissiyasi X ijtimoiy tarmog‘iga qarshi tergov boshladi
Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i noqonuniy kontent va dezinformatsiyaga qarshi kurashish majburiyatlarini buzganlikda gumon qilinmoqda.

Ilon Maskning ijtimoiy tarmog‘i noqonuniy kontent va dezinformatsiyaga qarshi kurashish majburiyatlarini buzganlikda gumon qilinmoqda.
Bryussel avvalroq X Network kompaniyasini Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush bilan bog‘liq yolg‘on maʼlumot tarqatgani uchun ogohlantirgan edi. Yevrokomissiya maʼlumotlariga ko‘ra, aynan X platformasi bunday dezinformatsiyaning eng katta qismini tashkil qiladi.
Mutaxassislarning fikricha, Mask Twitter‘ga egalik qilishni boshlaganidan so‘ng, ijtimoiy tarmoq kontent moderatsiyasini, haqoratlash va yolg‘on maʼlumotlar tarqalishiga qarshi kurash choralarini zaiflashtirgan.





