O'zbekiston

“Har bir soha raqamli texnologiyalar bilan hamohang rivojlanmasa, mamlakat rivojlanmaydi”

Prezident Raqamli texnologiyalar vazirligiga bordi.

“Har bir soha raqamli texnologiyalar bilan hamohang rivojlanmasa, mamlakat rivojlanmaydi”

 

Bugun, Prezident Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi.

 

Raqamli boshqaruv markazida “O‘zbekiston–2030” strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Maʼlumki, bu strategiyada mamlakatimizni mintaqaviy “IT-NUB”ga aylantirish maqsadi belgilangan. Bu davlat boshqaruvi va sohalarni raqamlashtirish, aloqa infratuzilmasini yaxshilash, IT taʼlimni rivojlantirish kabi ko‘p omillarni talab etadi.

 

Oxirgi yillarda ushbu yo‘nalishlarda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Axborot texnologiyalari subyektlari uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar natijasida bunday korxonalar va ish o‘rinlari soni, xizmatlar eksporti ortib bormoqda. Xususan, 2017 yilda mamlakatda IT kompaniyalar soni 147 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 1 ming 600 taga yetgan. Ish o‘rinlari ham qisqa vaqtda 10 baravar ko‘payib, 24 mingtadan oshgan. 2017 yilda 600 ming AQSH dollari bo‘lgan eksport hajmi joriy yil yakuni bilan 300 million dollardan oshishi kutilmoqda.

 

My.gov.uz yagona portali orqali bugungi kunda 8 milliondan ortiq aholi va tadbirkorlar 570 turdagi onlayn xizmatdan foydalanmoqda.

 

Ijro intizomi yagona tizimi - ijro.gov.uz orqali davlat idoralari va ularning quyi bo‘g‘inlari xodimlari tomonidan 28 millionta hujjat elektron ayriboshlangan.

 

Prezident bu tizim rahbarlarning ongi va masʼuliyatini o‘zgartirganini taʼkidlab, hujjatlar integratsiyasi va sifatini yaxshilash, ijro intizomi nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

2022 yilda BMTning Elektron hukumat reytingida mamlakat 18 pog‘ona yuqorilab, 69-o‘rinni egalladi. 2030 yilga borib, ushbu reytingda birinchi o‘ttiztalikka kirish bo‘yicha yillik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

 

Shuningdek, “O‘zbekiston–2030” strategiyasida IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilangan. Buning uchun hududlarda IT infratuzilmani va venchur bozorini rivojlantirish, “local to global” tamoyili orqali mahalliy korxonalarni eksportga olib chiqish, xalqaro kompaniyalarning ofislarini ochish kabi ko‘plab choralar ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, IT-park hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040 yilgacha uzaytirish, umuman, bu sohaga 100 yillik qulaylik yaratish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 

Davlat rahbari mamlakatning axborot texnologiyalari, turizm, investitsiya salohiyatini mujassamlashtirgan yaxlit imijini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Taqdimotda sohaga ixtisoslashgan taʼlim to‘g‘risida ham axborot berildi. So‘nggi 3 yilda IT o‘quv markazlari soni 300 dan oshdi. “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida taʼlim olib, sertifikatga ega bo‘lgan yoshlar soni 1 million 200 ming nafarni tashkil etdi. O‘tgan yildan boshlab xalqaro IT-sertifikatlarga o‘qish xarajatlarini 50 foizgacha qoplab berish yo‘lga qo‘yildi. 215 ming nafar yoshlar xalqaro onlayn kurslarni bitirib, sertifikat oldi.

 

Bularni davom ettirgan holda kelgusi yildan boshlab har yili 5 ming nafar iqtidorli yoshlarni saralash, o‘qitish hamda halqaro mehnat bozoriga tayyorlash tizimi joriy etiladi. Xorazm viloyatida “Al-Xorazmiy vorislari” loyihasida o‘qitish boshlanadi. Umuman, IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni xalqaro kompaniyalar talabiga mos dasturlar asosida tayyorlash va ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan.

 

Shu yerda kosmik geoaxborot tizimi orqali suv omborlari hamda yer qaʼridan foydalanish holatlarini monitoring qilish dasturi haqida maʼlumot berildi.

 

Prezident vazirlikning “UZINFOCOM– Yagona integrator” ofisida yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

 

- Sizlar hozirgi islohotlarda bizning eng ishongan kuchimiz. Kelajakda sizdek mutaxassislarga ehtiyoj yana-da oshadi. Har bir soha va hudud raqamli texnologiyalar bilan hamohang rivojlanmasa, mamlakat rivojlanmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Shu yerda sunʼiy intellekt asosida biometrik identifikatsiya qilish, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish, elektr taʼminoti billingi bo‘yicha axborot berildi. Davlat rahbari ijtimoiy sohalar, ayniqsa, tibbiyot sohasining raqamli tizimini takomillashtirish, odamlarni rozi qilish zarurligini taʼkidladi.

 

Prezidentga Samarqand viloyati Nurobod tumanida tashkil etilgan “IT Village” haqida so‘zlab berildi. Bu majmua 1-9 sinf o‘quvchilarini axborot texnologiyalari bilan tanishtirish va bunga qiziqtirish, ularga ilk ko‘nikmalarni o‘rgatishga qaratilgan.

 

Davlat rahbari bunday majmualarni barcha hududlarda barpo etish bo‘yicha topshiriq berdi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"