O‘zbekistonda bolalarning 30 foizi miopiya bilan xastalangan — Zulfiya Maqsudova
Shifokorning aytishicha, ko‘z kasalligi bilan shikoyat qiladigan har uchinchi yoki to‘rtinchi bemorda uzoqni ko‘ra olmaslik xastaligi aniqlanmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlar, ayniqsa bolalarda miopiya (uzoqni ko‘ra olmaslik) xastaligi ko‘p uchramoqda. Hozirda ko‘z xastaligi bilan shikoyat qiladigan har uchinchi yoki to‘rtinchi bemorda miopiya aniqlanmoqda.
"Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti prognozlariga ko‘ra, 2050 yilga borib Yer yuzining yarim aholisi miopiya bilan kasallanadi. Hozirda dunyoda 30 foizgacha insonlar uzoqni ko‘ra olmaslik bilan xastalangan. Biz bolalarda tekshiruvlar o‘tkazdik. Shunda iqror bo‘ldikki, bolalarimizning 30 foizi aynan miopiya bilan xastalangan ekan. Eng achinarlisi, o‘sha 30 foiz bolalarning ichida 40 foizining ota-onasi farzandining ko‘zi yaxshi ko‘rmasligini bilmaydi", — dedi shifokor Zulfiya Maqsudova.







