Salomatlik

O‘zingizni asrang! Koronavirus mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda

Ayni paytda shifoxonaga yotqizish holatlari bo‘yicha JSSTga maʼlumot taqdim etayotgan mamlakatlarning qariyb yarmida kasallikning o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda.

O‘zingizni asrang! Koronavirus mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda

 

COVID-19‘ning ilk o‘choqlari aniqlanganidan buyon to‘rt yil vaqt o‘tdi. Ammo virus hanuz oramizda, atrofimizda. Hamon odamlar hayoti va salomatligiga xavf solib turibdi.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi rasmiy vakili Melita Vuynovichning taʼkidlashicha, o‘tgan davrda koronavirus insoniyatga moslashdi va mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda.

 

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, qish mavsumi kelishi bilan Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida COVID-19 bilan birga nafas yo‘llarining boshqa patogenlari ham ko‘p uchramoqda. Ushbu infeksiya hamon og‘ir holatlar va bemorlar o‘limiga sabab bo‘layotgani achinarlidir.

 

Ayni paytda shifoxonaga yotqizish holatlari bo‘yicha JSSTga maʼlumot taqdim etib borayotgan mamlakatlarning qariyb yarmida kasallikning o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda. Finlyandiya, Slovakiya va Italiya shular jumlasidan.

 

Ekspert mavjud epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, aholi gavjum joylarda tibbiy niqob taqish zaruriy profilaktika chorasi ekanini taʼkidladi. Bunga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub aholi qatlami — keksalar, qandli diabet va yurak-qon tomir xastaliklari bor bemorlar, immuniteti zaif kishilar va homilador ayollar amal qilishlari kerak.

 

Eslatib o‘tamiz, hozir Yer yuzida qayd etilayotgan barcha shtammlar "omikron" mutatsiyalaridir. Xususan, "Eris" deb nomlangan EG.5 varianti sayyoramiz bo‘ylab tarqalgan SARS-CoV-2 versiyalarining yarmidan ko‘pini tashkil qiladi. Bundan tashqari, baʼzi mamlakatlarda HV.1, "Kraken", JN.1 hamda ВА.2.86 mutatsiyalari dominant variantlarga aylangan.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"