Toshkentda yana bir qidiruvdagi shaxs ushlandi
Shahar IIB uning topilishida yordam berganlarga minnatdorchilik bildirdi.

Toshkentda yana bir qiduvdagi shaxs ushlandi. Bu haqda shahar IIBB maʼlum qildi.
“Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida qidiruvdagi T.Pattayev ushlandi. Befarq bo‘lmagan barcha fuqarolarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan gumon qilinuvchi Abdullayev Akromjon Baxtiyorovichning qidiruvi davom etmoqda.







