155 minglik mantidan 1 million so‘mlik dengiz taomlarigacha — xitoyliklar uchun shohona dasturxon yozildi
Bir kunlik obro‘ uchun Xitoy madaniyati kunlarida mehmonlarni ovqatlantirishga salkam 400 million sarflandi.

O‘zbekistonda o‘tkazilgan Xitoy madaniyati kunlari doirasida mehmonlarni ovqatlantirishning o‘ziga 357 million so‘mdan oshiqroq byudjet puli sarflangan.
Masalan, tandir somsasi 55 ming so‘mdan, Farg‘ona mantisi 155 ming so‘mdan, dengiz taomlari esa 1,05 million so‘mdan sotib olingan.
Yangi Zelandiyadan keltirilgan qo‘zi go‘shti esa 415 mingdan hisoblangan.







