G‘azo sektori janubini evakuatsiya qilish ishlariga start berildi
Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maʼlum qildi.

Isroil G‘azo sektori janubini evakuatsiya qilish ishlariga start berilganini eʼlon qildi.
"20 dekabr kuni Isroil harbiylari zudlik bilan evakuatsiya qilinishi kerak bo‘lgan yangi hududni belgiladi, bunga Xon Yunis shahrining markaziy va janubiy qismlarining 20 foizi kiradi", — deyiladi departament matbuot xizmati xabarida.
BMTning taʼkidlashicha, Isroil harbiylari tomonidan belgilangan hududda 32 ta qochqinlar lageri mavjud bo‘lib, ular G‘azo sektorining shimoliy qismini tark etishga majbur bo‘lgan 141 mingdan ortiq qochqinlarga boshpana hisoblanadi.







