O'zbekiston

Farg‘onada pirotexnika buyumlari sotayotgan xonadon fosh bo‘ldi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Farg‘onada pirotexnika buyumlari sotayotgan xonadon fosh bo‘ldi

 

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida pirotexnika buyumlarini sotayotgan xonadon aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, fuqaro M.M. fuqaro M.A.ga 3 xil turdagi 408 dona pirotexnika buyumlarini 7 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 200 dona “Drakon”, 112 dona “7 SHOP” va  96 blok “Britanik” nomli pirotexnika buyumlarini tumandagi Qayrag‘och ko‘chasidagi yaqin qarindoshiga tegishli raqamsiz uyda 2 520 AQSH dollariga o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"