O‘qituvchilarga malaka toifasini berish tartibi o‘zgarmoqda
Yangi yildan bu sinovlar 2 bosqichda o‘tkaziladi.

2024 yil 1 yanvardan pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi qo‘llaniladi.
Davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
Unga ko‘ra, malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.







