O'zbekiston

Toshkentda tungi o‘g‘rilar ko‘paygani aytilmoqda

Holat yuzasidan Bosh Prokuratura izoh berdi.

Toshkentda tungi o‘g‘rilar ko‘paygani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida o‘g‘rilar paydo bo‘lganligi, ular aholi uxlayotgan vaqtda xonadonlarni eshikini ochishayotganligi haqida xabarlar eʼlon qilingan.

 

Aniqlanishicha, ushbu xabarda ko‘rsatilgan holatlar muqaddam ichki ishlar organlari tomonidan mazkur hududlardagi videokameralarda qayd qilingan yozuvlar, ulardagi shaxslarni aniqlagan holda o‘rganilgan.

 

O‘rganish natijasiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqda bu borada eʼlon qilingan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagan.

 

Shu bois ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan har xil haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan feyk xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz.

 

Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"