O'zbekiston

Qashqadaryoda 17 yoshli qizning to‘yi to‘xtatildi

Voyaga yetmagan qizga shaʼriy nikoh o‘qigan diniy vakilga javobgarlikka tortilgan.

Qashqadaryoda 17 yoshli qizning to‘yi to‘xtatildi

 

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova erta nikohlar va maktab yoshidagi qizlarga nisbatan unashtiruv marosimlarini o‘tkazilishi kabi salbiy holatlar yuzasidan Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, Kasbi va Koson tumanlarida o‘rganishlar o‘tkazdi.

 

Tashkil qilingan uchrashuvlarda farzandlarini erta turmushga bermoqchi bo‘lgan ota-onalar ham chaqirtirilib, ularga erta nikohning salbiy oqibatlari tushuntirilgan. Bu holatlarga yo‘l qo‘ygan ota-onalar Maʼmuriy va Jinoyat kodekslari bilan belgilangan javobgarlikka tortilishi eslatilgan.

 

Bolalar ombudsmani unashtiruv marosimi o‘tkazilgan deb ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqagan har bir qiz bilan uchrashib, ular bilan alohida xoli suhbat o‘tkazgan.

 

Shuningdek, tumanlarda o‘rganish va tahlillar olib borilgan. Bugun, 23 dekabr kunining o‘zida tuman hokimiyati bilan birgalikda Koson tumanidagi bir oila 17 yoshli qizini to‘yi belginganligi aniqlangan, to‘y va unga bog‘liq barcha marosimlar to‘xtatilgan. FHDYO tomonidan qayd etilgan nikoh guvohnomasi bo‘lmay sharʼiy nikoh o‘qigan diniy vakil javobgarlikka tortilishi choralari ko‘rilgan.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"