O'zbekiston

Farg‘onada aviarayeslarga cheklov o‘rnatildi

Ayrim parvozlar vaqti o‘zgartirilgan.

Farg‘onada aviarayeslarga cheklov o‘rnatildi

 

Farg‘ona vodiysidagi ob-havo sharoiti tufayli reyslarga cheklovlar o‘rnatildi, va parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Namangan – Yekaterinburg – Namangan, Namangan – Omsk – Namangan yo‘nalishlari o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha Toshkent xalqaro aeroportiga/dan amalga oshiriladi.

 

HY9829/9830 aviaqatnovlari, Toshkent - Yekaterinburg- Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

 

  • Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan soat 07:05;
  • Yekaterinburgka uchib kelish mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da;
  • Yekaterinburgdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 12:25 da;
  • Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 15:35 da.

 

HY9809/9810 aviaqatnovlari, Toshkent - Omsk - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

 

  • Toshkentdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 18:20;
  • Omskga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 21:00 da;
  • Omskdan uchib ketish mahalliy vaqt bilan 22:30;
  • Toshkentga uchib kelish mahalliy vaqt bilan 01:10 (ertasi kuni).

 

Yuqoridagi reyslar yo‘lovchilariga reyslarni ro‘yxatdan o‘tish vaqtidan ertaroq Toshkentga mustaqil ravishda yetib ketishlari tavsiya etiladi. Rossiya shaharlaridan yuqorida ko‘rsatilgan reyslar bo‘yicha sayohat qilayotgan yo‘lovchilar Toshkent aeroportiga yetib kelganlarida mustaqil ravishda muqobil transportda Namanganga borishlari tavsiya etiladi.

 

Reyslar vaqti o‘zgartirilgan yo‘lovchilar uchun jarima to‘lovlarisiz chiptalarni keyingi uchish sanalariga qayta bron qilish yoki chipta uchun to‘langan pul miqdori to‘liq qaytarib olish huquqiga ega.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

custom img

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

Tomonlar buning uchun mutaxassislarni qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash masalalarini o‘rganishga kelishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"