Jahon

NASA ilk bor xorijlik astronavtni Oyga uchiradi

Bu haqda AQSH vitse-prezidenti maʼlum qilgan.

NASA ilk bor xorijlik astronavtni Oyga uchiradi

NASA ilk bor xorijlik astronavtni Oyga olib chiqadi. Bu haqda “Korrespondent” nashri yozmoqda.

 

Milliy koinot kengashining navbatdagi yig‘ilishida AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris NASA amerikalik bo‘lmagan birinchi odamni Oyga qo‘ndirishini aytgan.

 

“Yaqin kelajakda Yerning tabiiy yo‘ldoshida birinchi baza qurilishi va Oy atrofidagi orbitada Gateway deb nomlangan kichik koinot stansiyasi paydo bo‘lishi kerak. NASA Oy dasturi doirasida Yevropa koinot agentligi, Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi va Kanada koinot agentligi bilan hamkorlik qiladi”, deya maʼlum qilgan u.

 

Hozircha bu aniq qachon sodir bo‘lishi va astronavt qaysi davlat vakili bo‘lishi nomaʼlum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"