O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefonlashdi

Prezident Ozarbayjon yetakchisini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan telefonlashdi

 

24 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

 

Davlat rahbari Ozarbayjon yetakchisini tavallud kuni bilan dildan qutlab, qardosh ozarbayjon xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

 

Prezident Ilhom Aliyevning bugungi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va shiddatli taraqqiyotini taʼminlashdagi shaxsiy hissasi va tarixiy o‘rni alohida qayd etildi.

 

Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlarida yuksak darajaga – strategik sheriklikka erishilganini katta mamnuniyat bilan taʼkidladilar.

 

Tovar ayirboshlash hajmi 2023 yilda 30 foizga oshdi, mashinasozlik, to‘qimachilik, pillachilik, qishloq xo‘jaligi, neft-gaz majmuasi, turizm va ko‘plab boshqa tarmoqlarda istiqbolli kooperatsiya loyihalari faol tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.

 

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari Ikki tomonlama munosabatlarni jadal rivojlantirish yilida amaliy hamkorlikning 10 ta yangi yo‘nalishini shakllantirishga kelishib oldilar.

 

Shuningdek, 2024 yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon rahbariga ushbu mamlakatda bo‘lajak Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

custom img

"Madaniyatchilar nima qilsa hamma ergashadi-ku, daraxt ekishni moda qilishsin" — Rasul Kusherboyev

Rasul Kusherboyev daraxt ekishni tug‘ilgan kun va farzandli bo‘lish kabi muhim sanalar bilan bog‘lab, uni yaxshi an’anaga aylantirishni taklif qildi.

custom img

Andijonda qizlarni Turkiyaga fohishalikka olib ketishga uringan ayollar ushlandi

Ular qizlarni yuqori maoshli ish taklifi bilan aldab, Turkiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi

Xavfli va sifatsiz nooziq-ovqat mahsulotlarini aniqlash hamda muomaladan chiqarishning yangi mexanizmi joriy etiladi.

custom img

“Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” tushunchasiga almashtiriladi

O‘zbekistonda ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish, ularni tuzish va rahbarlik qilish uchun javobgarlik tabaqalashtiriladi.

custom img

Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakti to'lab beriladi

Ushbu maqsad uchun jami 3,78 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"