Jeki Channing ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda
OAV uning shifoxonaga yotqizilgani haqida yozdi.

Bugun, 25 dekabr kuni xitoylik jang sanʼati ustasi va taniqli aktyor Jeki Chan Shanxaydagi kasalxonaga olib ketildi. Bu haqda OAV xabar bermoqda.
Norasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, 69 yoshli aktyorning ahvoli og‘ir, shifokorlar unga barcha zarur yordamni ko‘rsatmoqda. Jeki Channing kasalxonaga yotqizilgani haqidagi barcha xabarlar Xitoy ijtimoiy tarmoqlaridan tezda o‘chirilib tashlanmoqda. Bundan tashqari, ushbu maʼlumotni baham ko‘rgan foydalanuvchilarning akkauntlari bloklanyapti.
Hozircha bu haqda rasmiy maʼlumot berilmagan.







