Cobalt avtomobili sotuvi to‘xtatildi
Maʼlum qilinishicha, kontraktatsiyada mavjud butun hajm uchun shartnomalar tuzilgan.

26 dekabr soat 20:30 holatiga ko‘ra, Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 98.3 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi. Ularning 95 foizi Chevrolet Cobalt avtomobiliga tuzilgan.
Chevrolet Cobalt avtomobillarining kontraktatsiyada mavjud butun hajmi uchun shartnomalar tuzilgan.
Ayni paytda «UzavtoSavdo» onlayn-savdo tizimi orqali «Damas» va «Labo» avtomobillariga shartnoma tuzish imkoniyati mavjud.







