O'zbekiston

Toshkent viloyatida o‘gay ona 13 yoshli qizga zo‘ravonlik qilgani aniqlandi

Qizning otasi turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Toshkent viloyatida o‘gay ona 13 yoshli qizga zo‘ravonlik qilgani aniqlandi

 

Toshkent viloyati, Zangiota tumanida 13 yoshli qizga nisbatan o‘gay onasi tomonidan muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilingani holati tekshirilmoqda. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi. 

 

Qayd etilishicha, holat ichki ishlar organlari tomonidan o‘rganilganda, 2010 yilda tug‘ilgan qizga o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlangan. Qizning otasi ham turmush o‘rtog‘iga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Ombudsman xabariga ko‘ra, qiz sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tkazilgan, ammo tanasida jarohatlar aniqlanmagan. U bilan psixolog yakka tartibda suhbat o‘tkazgan. Bolaga ruhiy zo‘ravonlik yetkazilgani va uning darajasini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan. Shuningdek, o‘gay onaning ruhiy holatiga huquqiy baho berish uchun ham ekspertiza tayinlangan. 

 

Taʼkidlanishicha, tergovga qadar tekshiruv Zangiota tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

custom img

Hibsda saqlanayotgan Odilxon qori og'ir judolikka uchradi

Odilxon qori dafn marosimida ishtirok etmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"