O'zbekiston

Prezident 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi

Tadbirda loyiha hamkorlari ham qatnashdi.

Prezident 2,4 gigavattlik “yashil” elektr stansiyalarini ishga tushirdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 dekabr kuni O‘zbekistonning oltita hududida 5 ta quyosh va 1 ta shamol elektr stansiyalarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

 

Tadbirda ushbu muhim investitsiya loyihalarning hamkorlari bo‘lgan “Masdar” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Jamol Al-Ramahiy, “China Energy Engineering Corporation” kompaniyasi vitse-prezidenti Vu Yun, “China Energy International Group” kompaniyasi boshqaruvi raisi Lyu Szesyan, “China Gezhouba Group” kompaniyasi boshqaruvi raisi Lin Syaodan, “SEPCO III”, “Dongfang Electric Corporation” va boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

 

Davlat rahbari taʼkidlaganidek, O‘zbekistonda energetika tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirilmoqda.

 

Keyingi yillarda tarmoqda xususiy sektor va yetakchi xorijiy kompaniyalar faoliyatiga qulay sharoitlar yaratildi. Ular ishtirokida O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energetika salohiyatini kengaytirishga qaratilgan ko‘plab loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, ilk bor 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan, davlat-xususiy sheriklik asosida  Karmana va Nurobod tumanlarida umumiy quvvati 200 megavattlik quyosh stansiyalari barpo etilib, o‘tgan davrda ular 1 milliard kiloVatt soat “yashil” elektr energiyasini ishlab chiqardi.

 

Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 900 megavatt bo‘lgan uchta zamonaviy fotoelektr stansiyasini barpo etish loyihasi yakunlandi. Shuningdek, Navoiy viloyati Tomdi tumanida 500 megavattlik shamol elektr stansiyasining birinchi bosqichi qurib bitkazildi.

 

Bundan tashqari, Xitoyning “China Gezhouba Group” kompaniyasi tomonidan Buxoro va Qashqadaryoda umumiy quvvati 1000 megavattlik quyosh stansiyalarining birinchi bosqichi qurilishi yakunlandi.

 

Ushbu qurilish ishlari juda qisqa fursatda – 9 oyda bitkazilgani diqqatga sazovor.

 

Marosimda davlat rahbari xorijiy hamkorlar bilan birgalikda yangi energetika quvvatlarini ishga tushirish va tarmoqqa ulashga start berdi.

 

Bu loyihalarga katta amaliy hissa qo‘shgan investorlar, muhandis va quruvchilarga alohida minnatdorlik bildirildi.

 

Jami qiymati 2 milliard dollarlik ushbu stansiyalar to‘liq ishga tushsa, ikki millionta xonadon uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlanadi, 2 milliard kub metr tabiiy gazni tejash hamda sanoat va xizmatlar sohasida 4 milliard dollarlik qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi.

 

Prezident o‘z nutqida bu sohadagi kelgusi rejalarga to‘xtalib o‘tdi.

 

– Biz bugun amalga oshirayotgan ulkan ishlar energetika tarmog‘idagi islohotlarning navbatdagi qadamidir. Bu chora-tadbirlarni tizimli davom ettirib, raqobatli bozor mexanizmlariga bosqichma-bosqich o‘tamiz.

 

Hozir yurtimizda 9 gigavattli 22 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini qurish loyihalari ustida ishlayapmiz. Xorijiy kompaniyalar bilan sermahsul hamkorligimizni tobora kengaytirib boramiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Umuman, 2030 yilgacha “yashil” energetika manbalarini 27 gigavattga yetkazish rejalashtirilgan. Bu har yili 25 milliard kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish, atmosferaga zararli tashlanmalarni 34 million tonnaga qisqartirishga xizmat qiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"