O'zbekiston

Xorazmda fermerlarning yeri olib qo‘yilayotgani aytildi

Holat yuzasidan prokuratura rasmiy izoh berdi.

Xorazmda fermerlarning yeri olib qo‘yilayotgani aytildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Gurlan tumanida 40 dan ortiq fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini olib qo‘yish bo‘yicha Gurlan tumani prokuraturasi tomonidan sudga daʼvo arizasi kiritilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

 

Aniqlanishicha, ayrim fermer xo‘jaliklariga yer maydoni tanlovga qo‘yish bilan bog‘liq hujjatlar o‘rganilganida, tanlov o‘tkaziladigan sanasi ko‘rsatilgan holda qaror qabul qilinmaganligi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmaganligi hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari tanlov o‘tkazilmasdan qonunga zid ravishda ajratib berilganligi va boshqa qator qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

 

Shunga ko‘ra, sholichilik va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklariga yer maydoni ajratish bo‘yicha Gurlani tumani hokimining 2019-2021 yilardagi qabul qilingan qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida Urganch tumanlararo maʼmuriy sudiga ariza kiritilgan va hozirda arizalar sudda ko‘rilmoqda.

 

Bundan tashqari, qayd etilgan holatlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va MCHJlarga yer maydonlari ajratilishida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, mazkur holatlar yuzasidan Gurlan tumani prokuraturasi tomonidan 25.12.2023 yilda tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan JKning 205, 207-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

custom img

O‘zbekistonlik hamshiralar AQShga ishga yuborilishi mumkin

Tomonlar buning uchun mutaxassislarni qo‘shimcha tayyorlash, sertifikatlash va litsenziyalash masalalarini o‘rganishga kelishdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"