Xitoy mudofaa vaziri o‘zgardi
Harbiy-dengiz kuchlarining sobiq qo‘mondoni ushbu lavozimga qo‘yilgan.

Xitoyga yangi mudofaa vaziri tayinlandi.Bu lavozimni mamlakat harbiy-dengiz kuchlarining sobiq qo‘mondoni Dun Szyun egalladi.
Oktyabr oyida sobiq mudofaa vaziri Li Shanfu vazifasidan ozod etilgan edi. G‘arb matbuoti uning korrupsiyada gumon qilinib, tergov qilinayotgani haqida xabar bergan.





