O'zbekiston

O‘zbekistonda bu yil 91 mln tup ko‘chat ekildi

Ommaviy ko‘chat ekish tadbirlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.

O‘zbekistonda bu yil 91 mln tup ko‘chat ekildi

2023 yilda Respublika hududlarida 91 mln tup, yaʼni rejaga nisbatan 107 foiz daraxt ko‘chatlari ekilishi taʼminlandi.

 

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmonboyeva maʼlum qildi.

 

Mamlakat miqyosida ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirilganligi natijasida yashil hududlar ko‘payishiga erishilmoqda.

 

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining tog‘ va tog‘oldi hududi 580 gektar maydonida vazirliklar, idoralar va tijorat banklari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 320 ming tup turli xildagi manzarali, mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, yangi bog‘lar barpo etilmoqda.

 

Mavjud 196 ta chiqindi poligonlari atrofida tez o‘suvchi daraxt turlaridan ixota daraxtzorlari barpo etish loyihasi ishlab chiqilib, hozirgi kunda 182 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

 

Atrof-muhitga taʼsir xavfi I va II toifadagi sanoat korxonalari tomonidan “yashil belbog‘”lar barpo etish maqsadida 1 mln 873 ming, o‘rmon fondi yerlarida o‘rmon barpo etish maqsadida esa 5 mln 186 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

 

Sug‘orish tizimlari bilan taʼminlash maqsadida hududlarda 893 ta suv chiqarish quduqlari qazildi va 1058,7 km uzunlikda sug‘orish tizimlari joriy etilib, suv manbasi bo‘lmagan hududlarga ko‘chatlarni sug‘orish uchun 610 ta maxsus texnikalar jalb etildi.

 

Joriy yil kuzgi mavsumda O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tupdan – jami 2 mln tup, maktabgacha taʼlim muassasalariga 836 ming tup, Ekologiya vazirligi tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalariga 900 ming tup ko‘chatlar bepul yetkazib berildi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

custom img

COP17: O‘zbekistonda yerlarni tiklash uchun yangi investitsiya tashabbuslari ilgari surildi

Tadbirda Qoraqalpog‘iston tajribasi, yerlarni tiklash loyihalarini moliyalashtirish va yangi ilmiy-amaliy markazlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"