O'zbekiston

Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari ishlab chiqildi

Umumjahon pochta ittifoqining blanklari va hujjatlari faqat milliy operator tomonidan foydalanilishi mumkin.

Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari ishlab chiqildi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirining “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi eʼlon qilindi.

 

Qoidalar Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlari, O‘zbekistonning "Pochta aloqasi to‘g‘risida"gi, "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi, "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunlariga muvofiq pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatuvchi pochta aloqasi operatorlari, provayderlari va bu xizmatlardan foydalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

 

Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tartibini, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari hamda foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

 

Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari pochta aloqasi xizmatlarini (pochta, kurerlik jo‘natmalarini qabul qilish, qayta ishlash, tashish va yetkazib berish) ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlari, O‘zbekiston qonunchiligi va bu qoidalar asosida amalga oshiradi.

 

Pochta aloqasi milliy operatori mamlakat hududida Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlariga muvofiq O‘zbekistonning majburiyatlarini bajarish bo‘yicha tayinlangan pochta operatori maqomiga ega.

 

Umumjahon pochta ittifoqining blanklari va hujjatlari faqat milliy operator tomonidan foydalanilishi mumkin.

 

Milliy operator oddiy xatlarni, pochta varaqchalarini va pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini, davlat organlari va tashkilotlarining elektron pochta jo‘natmalarining Yagona milliy tizimi orqali jo‘natilgan yozma xat-xabarlarini, bildirishnomalarini, chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa yuridik ahamiyatga ega hujjatlarini yetkazib berish (topshirish) bo‘yicha pochta xizmatlarini ko‘rsatishda mutlaq huquqiga ega.

 

Milliy operatorga O‘zbekiston butun hududida universal pochta xizmatlarini majburiy ravishda ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar yuklatiladi.

 

Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining huquqlari:

 

  • o‘zlariga tegishli avtotransport vositalaridan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli, maxsus farqlash belgilariga ega bo‘lgan transport vositalaridan shartnoma asosida foydalanadi;

  • belgilangan tartibda tasdiqlangan pochta normativlarini hisobga olgan holda, pochta aloqasi obyektlari tomonidan ko‘rsatiladigan pochta aloqasi xizmatlari ro‘yxatini mustaqil ravishda belgilaydi;

  • qonunchilik hujjatlariga muvofiq faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiradi.

 

Pochta jo‘natmalarini tezlashtirilgan pochta rejimida qabul qilish joyida, ko‘rinadigan va foydalanuvchilar uchun qulay joyda xalqaro tezkor pochta jo‘natmalari qabul qilinadigan mamlakatlar ro‘yxati bo‘lishi kerak.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

custom img

Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini turkiyalik investorlar boshqaradi

O‘zbekistonda ilk bor taqsimlash elektr tarmoqlarini investitsiya kiritish sharti bilan xususiy sektor boshqaruviga berish Samarqand viloyatida yo‘lga qo‘yiladi.

custom img

Namanganda IIO xodimiga 3 ming dollar pora berayotgan fuqaro ushlandi

Fuqaro o‘ziga nisbatan to‘plangan hujjatlarni tergovga yubormaslik va bloklangan mablag‘larni chiqarib berish evaziga xodimga pora taklif qilgan.

custom img

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilmoqchi shaxs 10 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada o‘qish davrida terroristik tashkilotlar ta’siriga tushgan fuqaro internet orqali ularning materiallarini tarqatgan, pul mablag‘lari yuborgan va keyinchalik jangarilar safiga qo‘shilishga uringan.

custom img

Ruslanbek Davletov Prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

Davletovning o‘rniga Olim Davlatovich Davlatov Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

custom img

Qarzi bo‘lmagan 3600 ta xonadonga soliq qarzdorligi hisoblandimi?

Toshkentda ayrim xonadonlar uchun yer solig‘i qayta hisoblanganiga izoh berildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"