Yangiariq tumanida ekin yer maydoniga zarar yetkazgan fermer xo‘jaligi aniqlandi
Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “G.K.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari “Qarmish” mahallasi hududidagi yuqori bonitetli 2,3 gektar ekin yer maydonida o‘zboshimchalik bilan tuproqning unumdor qatlamini qazib olib, jami 1,2 milliard so‘m qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 197-moddasi (yer, yer osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







