Nurafshon shahridagi tug‘ruqxonada yana chaqaloq vafot etdi
2023-yilning 14-iyul kuni aynan shu tug‘ruq bo‘limida homilador ayol va uning tug‘ilmagan chaqalog‘i vafot etgandi.

Ayol 42 haftalik homila bilan tug‘ruq bo‘limiga borgan.
Kecha, 3 yanvar kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan ayolning tug‘ilgan chaqalog‘i tug‘ruqxonada vafot etdi.
Maʼlumotlarga qaraganda ayol 42 haftalik homila bilan tug‘ruq bo‘limiga borgan va chaqaloqni tabiiy tug‘ruq yo‘li bilan dunyoga keltirgan, ammo tug‘ruqdan so‘ng chaqaloq vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 14 iyul kuni aynan shu tug‘ruq bo‘limida homilador ayol va uning tug‘ilmagan chaqalog‘i vafot etgandi.
Maʼlumot o‘rnida, ushbu tug‘ruq bo‘limida oldin vafot etgan ona-bola hamda kecha hayotdan ko‘z yumgan chaqaloqning onasi bilan bir mahallada istiqomat qilishgan.







