Qozog‘istonda Rossiyaning 10 dan ortiq telekanallari efirdan olib tashlandi
Avvalroq mamlakat hukumati qarori bilan Rossiyaning asosiy targ‘ibot kanallari — “Sputnik24” portali va "Sargrad" sayti bloklangandi.

Qozog‘iston milliy teleradioeshittirish operatori “Kazteleradio” OAJ hamkori “TVCOM” bir qator Rossiya telekanallarini sunʼiy yo‘ldosh va internet-televideniyesi – "MDHning Birinchi kanali", "Dom Kino", "Pobeda" va boshqa telekanallarni translyatsiya qilishni to‘xtatdi. Kompaniya rahbariyati "xorijiy kanallar ulushini asta-sekin kamaytirayotganini" maʼlum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat hukumati qarori bilan Rossiya Federatsiyasining asosiy targ‘ibot kanallarini efirga uzatuvchi “Sputnik24” portali va "Sargrad" sayti bloklangan edi.





