Ko‘cha o‘rtasida ovqatlangan bloger jazolandi
Unga nisbatan ikkita modda bilan ish ochilgan.

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida blogerning piyodalar o‘tish yo‘lagi va ajratuvchi bo‘lakka stol qo‘ygancha ovqatlanayotgani aks etgan video tarqaldi.
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirib, bloger jarimaga tortilganini maʼlum qildi.
Unga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 138-moddasi bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va tushuntirish ishlari olib borilgan.







