Lukashenko lavozimni tark etgach, o‘zi va oilasini sudlashlarini taqiqladi
Aktivlar, mulk, yozishmalar va umrbod qo‘riqlash xizmatiga ega bo‘lish huquqi daxlsiz qoladi.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Konstitutsiyaga sobiq prezident va uning oilasi huquqlarini tartibga soluvchi o‘zgartirishlarni kiritish haqidagi qonunni imzoladi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, sobiq prezident va uning oilasi daxlsizlik, umrbod qo‘riqlash xizmati va davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish huquqini saqlab qoladi.
Shuningdek, isteʼfodagi prezident va uning oila aʼzolari hokimiyat tepasida turgan paytda sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilmaydi.
Aktivlar, mulk, yozishmalar va umrbod qo‘riqlash xizmatiga ega bo‘lish huquqi daxlsizligicha qoladi. Bundan tashqari, sobiq davlat rahbari vafot etgan taqdirda, uni dafn etish byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Sobiq prezidentning o‘zi isteʼfoga chiqqanidan so‘ng, Butun Belarus Xalq Assambleyasi delegati va Respublika Kengashining umrbod aʼzosi bo‘ladi.
O‘zgartirilgan hujjat veb-saytda eʼlon qilinmagan, ammo uni veb-arxivda topish mumkin.
Aleksandr Lukashenko Belarus Respublikasining yagona prezidenti bo‘lib, 2020 yildagi saylovda yettinchi marta bu lavozimga saylandi. Uning vakolatlari 2025 yilda tugaydi, ammo Belarusda prezident cheksiz ko‘p marta qayta saylanish huquqiga ega.





