O'zbekiston

Toshkentda issiq suv isteʼmolchilarga loyqa qora zarralar bilan yetkazib berildi

Holatga shahar hokimiyati munosabat bildirdi.

Toshkentda issiq suv isteʼmolchilarga loyqa qora zarralar bilan yetkazib berildi

Toshkentda Ijtimoiy tarmoqlar orqali isteʼmolchilardan issiq suvda loyqalik bilan qora zarralar mavjudligi yuzasidan shikoyatlar kelib tusha boshladi. Bunga shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, laboratoriya xodimlari tomonidan zudlik bilan 1-IM qozonxonasidan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan issiq suv tahlili o‘tkazilgan.

 

Aniqlanishicha, 2024 yil 2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi 1-IM qozonxonasida suvni tozalash filtridan sulfatlangan ko‘mir ajralib chiqqan. «VET» MCHJ XK isitish tarmoqlariga qozonxonadan sulfatlangan ko‘mir tushishi natijasida Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi isteʼmolchilarning issiq suvlarida qora fraksiyalar (sulfoko‘mir) paydo bo‘lgan. Issiq suv parametrlari, rang va loyqalikdan tashqari, normal holatda.  

 

Sulfoko‘mir suvni filtrlashda ishlatiladi va isteʼmolchilar uchun xavf tug‘dirmaydi. 1-IM qozonxona xodimlari tomonidan issiqlik tarmoqlarida sulfatlangan ko‘mir oqimi bartaraf etilgan. Ayni paytda vaziyat qozonxona va texnik xodimlari tomonidan nazoratga olingan. 

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

custom img

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

custom img

Toshkent viloyatida hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U imtiyozli kredit ajratib, o'z ehtiyohlari uchun sarflab yuborgan.

custom img

O‘zbekistonda ortib qolgan 1-sinf o‘quv qurollari bog‘chalarga beriladi

Yaroqlilik muddati tugaydigan ortiqcha o‘quv qurollari davlat bog‘chalarining maktabga tayyorlov guruhlariga ajratiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"