O'zbekiston

Chiqindidan qarzi borlar mashina ham sotolmaydi

Yangi tartib 1 apreldan kuchga kiradi.

Chiqindidan qarzi borlar mashina ham sotolmaydi

 

2024 yil 1 apreldan boshlab ko‘chmas mulk va mashina sotmoqchi bo‘lganlarning maishiy chiqindidan qarzi bor-yo‘qligi tekshiriladi.

 

Qarzi bo‘lsa, notarius shartnomani tasdiqlamaydi va qarz to‘lanmaguncha bu holat davom etadi. Qarzdorlik qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi orqali onlayn rejimda tekshiriladi.

 

Shuningdek, 2024 yil 1 apreldan boshlab barcha sanitar tozalash korxonalari tomonidan Yagona elektron tizimga ulangan holda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish hamda ushbu talabni bajarmagan korxonalar bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinadi va ular xizmat ko‘rsatadigan hududlar davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa korxonalarga biriktiriladi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"