Farg‘onalik 22 yoshli yigit aqidaparastlik ortidan qamaldi
U terroristik tashkilot taʼsiriga tushib qolgan.

Farg‘onada “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti taʼsiriga tushib qolgan shaxs 3,5 yilga qamaldi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, So‘x tumanida yashovchi 22 yoshli U. M. O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan xalqaro terroristik tashkilot rahnomolari “Abu Saloh”ning diniy mazmundagi hamda O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga chorlovchi maʼruzalarini tinglab, tomosha qilgan. Telegram profiliga mazkur maʼruzalarni joylab, tanishlariga tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi tomonidan mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, unga 3,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.







