Tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun yangi yo‘nalishda 1 yillik rezidentura joriy etiladi
Birlamchi tizim tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini rag‘batlantirish orqali oilaviy shifokor maqomini oshirish rejalashtirilmoqda.

Yurtimizda birlamchi tizim tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini rag‘batlantirish orqali oilaviy shifokor maqomini oshirish rejalashtirilmoqda.
Xususan, “Aholi salomatligi — 2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun oilaviy shifokorlik yo‘nalishi bo‘yicha 1 yillik rezidentura joriy etish ko‘zda tutilyapti.
Bundan tashqari, rezidenturani tugatganlik sertifikatiga yoki litsenziyaga ega oilaviy shifokorlarning oylik ish haqini 2 barobarga oshirish mo‘ljallanmoqda.
Bu ishlarni respublika va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan.







