Toshkentda 20 yoshli qiz issiq suvda kuyib qolib, vafot etdi
Marhuma hammomdaligida issiq suv solingan bak yorilib, qaynoq suv ostida qolgan.

Maʼlum bo‘lishicha, qiz hammomda bo‘lgan vaqtida qaynoq suv solingan bak yorilib ketgan. Natijada, qiz qaynoq suv ostida qolgan.
Mazkur voqea haqida dastlab qizning opasi xabar topgan va darhol shifokorlarga murojaat qilgan. Bemor shifoxonaga og‘ir ahvolda kuyish alomatlari bilan olib borilgan.
Qiz 80-90 foiz kuyish alomatlari bilan shifoxonaga keltirilgan va shifokorlarning urinishiga qaramasdan vafot etgan.







