Salomatlik

Bolalarga mo‘ljallangan nosog‘lom oziq-ovqat va energetiklar reklamasiga cheklov kuchaytirilmoqda

Shuningdek, bolalar va yoshlar o‘rtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish rejalashtirilgan.

Bolalarga mo‘ljallangan nosog‘lom oziq-ovqat va energetiklar reklamasiga cheklov kuchaytirilmoqda

Mamlakatimizda maktabgacha va maktab taʼlim tizimida sog‘lom ovqatlanishni taʼminlash, bunda bolalar va yoshlar o‘rtasida semizlikni 30 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda

 

Xususan, “Aholi salomatligi —2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, bolalarga mo‘ljallangan nosog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlar kuchaytiriladi.

 

Shuningdek, taʼlim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, taʼm va rang beruvchi qo‘shimchalar ro‘yxatini tasdiqlash va ularning isteʼmolini kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

 

Bundan tashqari, yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy mashqlar va gigiyena qoidalari bo‘yicha tavsiyalar to‘plamini yaratish mo‘ljallangan.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"