O'zbekiston

Humo Air Toshkentdan Farg‘ona va Buxoroga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Aviaqatnov haftasiga uch marta amalga oshiriladi.

Humo Air Toshkentdan Farg‘ona va Buxoroga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ydi

 

Humo Air aviakompaniyasi tomonidan Toshkentdan Farg‘ona va Buxoro shaharlariga yangi reyslar yo‘lga qo‘yildi.

 

Toshkent-Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozlar 2024 yil 9 yanvardan boshlandi. Samolyotlar Toshkent xalqaro aeroportidan Farg‘onaga soat 10:15 da jo‘naydi va 11:40 da qaytib keladi. Ikkinchi reys Toshkentdan Farg‘onaga soat 14:20 da va ortga 15:45 da amalga oshiriladi. 55 daqiqa davom etadigan reyslar haftasiga uch marta seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Ulardan birinchisi 180 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

 

Shuningdek, 2024 yil 10 yanvar kuni Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys amalga oshiriladi. Toshkentdan Buxoroga jo‘nash vaqti har haftaning chorshanba va shanba kunlari soat 10:15 ga, qarama-qarshi yo‘nalishda esa soat 12:00 ga belgilangan.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"