Jahon

Janubiy Koreyada it go‘shtini yeyish taqiqlandi

Hukumat statistikasiga ko‘ra, it go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlarni sotuvchi 1150 ga yaqin it fermasi, 34 ta go‘shtni qayta ishlash zavodi, 219 ta distribyutor va 1600 ga yaqin restoran mavjud.

Janubiy Koreyada it go‘shtini yeyish taqiqlandi

 

Qonun loyihasi deyarli bir ovozdan qabul qilindi: 208 nafar deputat uni qo‘llab-quvvatladi, ikki nafari ovoz berishda betaraf qoldi. Endi hujjat prezident Yun Sok Yol tomonidan imzolanishi kerak.

 

Itni o‘ldirgan shaxs uchun uch yil qamoq jazosi va 30 million koreys voni (taxminan 23 ming dollar) miqdorida jarima tayinlanadi, deb xabar bermoqda CNN.

 

Itlarni tanovul qilish uchun ko‘paytirgan yoki bila turib it go‘shtidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotini sotib olgan, tashigan, saqlagan yoki sotganlar ham jarimaga tortiladi va qamoq jazosiga hukm qilinadi. CNN nashrining aniqlik kiritishicha, qonun loyihasida it go‘shtini isteʼmol qilganlik uchun jazo nazarda tutilmagan.

 

Fermer xo‘jaliklari, restoran egalari va it go‘shti sanoati bilan shug‘ullanadigan boshqa shaxslarga o‘z bizneslarini yopish uchun uch yil vaqt beriladi.

 

Janubiy Koreya rasmiylariga ko‘ra, mamlakatda 1100 ga yaqin it fermasi mavjud bo‘lib, ularda yarim millionga yaqin it boqiladi. Fermerlar qonun loyihasiga norozilik bildirib kelishadi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, qonun kuchga kirgach, millionga yaqin odam ishsiz qolishi mumkin.

 

Janubiy koreyaliklar it go‘shtidan bosqichma-bosqich voz kechib kelishmoqda. 2022 yilda Gallup Korea tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, respondentlarning atigi 8 foizi it go‘shtini isteʼmol qilishini bildirgan, 2015 yilda esa bu ko‘rsatkich 27 foizni tashkil qilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Hukumat statistikasiga ko‘ra, it go‘shtidan tayyorlangan mahsulotlarni sotuvchi 1150 ga yaqin it fermasi, 34 ta go‘shtni qayta ishlash zavodi, 219 ta distribyutor va 1600 ga yaqin restoran mavjud.

custom img

Nepalda kuchli suv toshqini bo‘ldi: qurbonlar soni 95 nafarga yetdi

Bxote Koshi daryosida yuzaga kelgan toshqin oqibatida 63 kishi jarohatlandi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan.

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"