Toshkentda “VAZ-2107” yonib ketdi
Yong‘in Shayxontohur tumanidagi O‘qchi mahallasi yonida yuz bergan.

Shayxontohur tumanida “VAZ-2107” avtomobili yonib ketdi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bugun, 2024 yil 10 yanvar kuni soat 09:46 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, “O‘qchi” MFY, B.Zokirov ko‘chasi, 2-uy oldida to‘xtab turgan, fuqaro D.S.ga tegishli “VAZ-2107” rusumli avtomobilda elektr simlarida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

Maʼlum qilinishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.








