O'zbekiston

"Madam Klod" Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan Nilufar Mirxonova bir necha kun oldin Turkiyada qo‘lga olingandi.

"Madam Klod" Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

 

"Fahsh baronessasi" va "Madam Klod" laqablari bilan tanilgan, O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida qo‘lga olingan o‘zbekistonlik Nilufar Mirxonova deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.

 

"Ushbu shaxsning xati-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raladi", — deyiladi xabarda.

 

O‘zbekiston IIV maʼlumotiga ko‘ra, 1989-yilda tug‘ilgan Nilufar Mirxonova Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “a”, "v", "g", "z", “i” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, qidiruvga berilgan edi.

 

Bundan oldinroq O‘zbekistonning xalqaro qidiruvga berilgan 8 nafar fuqarosi Turkiyada qo‘lga olingani, ular orasida qo‘shmachilikda va odam savdosida ayblangan Nilufar Mirxonova ham borligi xabar qilingandi.

custom img

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Qo'mita savdo nuqtalarida o'quv qurollarini hamyonbop narxlarda xarid qilish uchun zarur sharoitlarni ta'minlash muhimligini bildirdi.

custom img

Toshkent viloyatida Cobalt Spark’ni yo‘ldan chiqarib yubordi: ota va o‘g‘il halok bo‘ldi

Hodisa joyidan qochgan Cobalt haydovchisi qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan shaxs jarimaga tortildi

Qoidabuzar o‘z qilmishi uchun uzr so‘ragan.

custom img

Turkiyada 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha tergov qilinmoqda

Ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari esa deportatsiya markazida saqlanmoqda.

custom img

Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

Bu yil oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, kontrakt bo‘yicha 93,7 ballni tashkil etdi.

custom img

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

custom img

“Odamlarimiz chetga chiqib ishlashiga zarurat qolmaydi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"