O'zbekiston

Samarqandda 32 yoshli ayol o‘zini yoqib yubordi

Holat joriy yil 1 yanvar kuni yuz bergan.

Samarqandda 32 yoshli ayol o‘zini yoqib yubordi

1-yanvar kuni soat taxminan 09:30 atrofida Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan P.S. ruhiyatidagi o‘zgarish sababli o‘zining yashash uyi hovlisida o‘z ustiga suyultirilgan gaz kondensatini sepib, olov yoqib, o‘z joniga qasd qilgan.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, P.S.ning o‘limi murda tanasining 100 foiz termik kuyishi oqibatida yuzaga kelganligi ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holatda o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish jinoyati alomatlari mavjudligi hamda bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan turib qonuniy to‘xtamga kelish imkoniyati yo‘qligini inobatga olib, JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"