O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi avariyada jabrlanganlarni olib kelishni buyurdi

YTHda 7 nafar O‘zbekiston fuqaro halok bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi avariyada jabrlanganlarni olib kelishni buyurdi

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiya Federatsiyasining Penza viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan birlamchi maʼlumot eʼlon qildi.

 

Bugun,11 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 02:20 larda Penza viloyatining Nijnelomov rayonidagi M-5 avtomobil yo‘lining 503 kilometrida harakatlangan “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili va “Volvo” rusumli yuk avtomobili to‘qnashishi oqibatida “JAC” rusumli “Miniven” avtomobili ichida bo‘lgan jami 9 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 7 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 2 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida, vafot etgan va jabrlangan fuqarolarimizni vatanga olib kelish yuzasidan kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

 

Taʼkidlanishicha, Rossiya Federatsiyasi masʼullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak berishmoqda.

 

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"